Oilaviy tadbirkorlik uchun 6 trln so‘m kredit ajratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 10 fevral kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lum qilinishicha. yig‘ilishda oilaviy tadbirkorlik uchun ajratiladigan 6 trillion so‘mlik kredit mablag‘larini samarali yo‘naltirish, har bir mahallaning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, tadbirkorlik salohiyatini oshirish muhimligi qayd etilgan. 

Shuningdek, dehqonchilik bilan shug‘ullanishni istagan yoshlarga 10 sotixdan 1 gektargacha yer ajratish boshlangan. Davlat rahbari bu jarayonda adolat va halollik bosh mezon bo‘lishi, jamoatchilik fikri inobatga olinishi zarurligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1304

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing