Oilaviy poliklinikalarga 580 mlrd so‘m ajratiladi
Jamiyat
−
09 noyabr 2021
3169Joriy yilning 9 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan yurak qon-tomir kasalliklarining oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tomonidan kardiologiya sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga to‘xtalib o‘tildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident tomonidan kardiologiya sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida:
- birlamchi bo‘g‘inga dori va tibbiy buyumlar uchun kelgusi yilda byudjetdan 580 milliard so‘m beriladi. Bu joriy yil xarajatlaridan 3 barobar ko‘p;
- 14 mingdan ziyod tibbiyot brigadalari va oilaviy shifokorlar yurak kasalliklarini barvaqt aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;
- kelgusi yil yakunigacha barcha oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda hamshira ko‘rik xonasi tashkil qilinadi;
- kelgusi yil davomida malaka oshirish markazlarida 15 ming nafar hamshiraning maxsus onlayn kurslarda o‘qitilishi ta’minlanadi;
- tuman shifoxonalariga 4 turdagi kardiologiya uskunalari o‘rnatilib (EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator), ko‘rsatiladigan xizmatlar 5 tadan 15 taga oshiriladi. Buning uchun qo‘shimcha 60 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Azizbek Nahanov
LiveBarchasi