Deniyel Kreyg suratga olish jarayonida jiddiy jarohat oldi
Madaniyat-san’at
−
23 may 2019
8743Filmni suratga olish guruhining aytishicha, tasvir jarayonlari to‘xtatilmaydi.
Superagent 007 roli ijrochisi aktyor Deniyel Kreyg yiqilib oyog‘idan jarohat oldi. Bu voqea Jeyms Bon haqidagi filmning Yamaykadagi qismini suratga olish чоғида sodir bo‘lgan.
Deniyel Kreygning to‘pig‘ida kichik operatsiya amalga oshiriladi. Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ikki hafta o‘tgach tasvirga olish ishlari davom ettiriladi.
Kartina 2020 yilning aprelida katta ekranlarga chiqarilishi kutilmoqda.
Tasvirga olish guruhi xabar berishicha, aktyor xavfli tryukni amalga oshirish чоғида balandlikdan qulab, oyog‘ini shikastlagan. Uning jarohati jiddiy va кучли og‘riqni his qilmoqda, deyiladi xabarda.
Bu hol aktyor bilan sodir bo‘lgan ilk hodisa emas. Bundan avval aktyor tizzalariga tuz yig‘ilib qolgani bois jarrohlik stoliga yotqizilgandi.
Ayni paytda tasvirga olish ishlari davom etadi. Faqat bunda aktyor ishtirok etmaydigan kichik epizodlar tasvirga олинади.
LiveBarchasi