Oiladagi yolg‘iz o‘g‘illarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi

Jamiyat

image

Oiladagi yolg‘iz o‘g‘illarga tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Shermuhammad Saidahmatov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Oldin boshqa viloyat harbiy xizmatchisi o‘zining viloyatida xizmat qilishi mumkin emas edi. Prezidentning tegishli Qaroriga ko‘ra, Nizomga hududiy tamoyil degan tushuncha kiritildi. Ba’zi bir lavozim va mutaxassisliklarga o‘z hududida xizmat qilish imkoni yaratildi”, deydi u.

Saidahmatovga ko‘ra, avval oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan joyida xizmat qilishi mumkin edi. Hozir nafaqat yolg‘iz farzand, balki oilada yolg‘iz o‘g‘il bo‘lsa ham, tug‘ilib o‘sgan hududida xizmat qilish huquqi berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing