Ogohlantirish: Farg‘onaning ayrim hududlarida muzli sel kelishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
29 iyun 2022
10544Joriy yilning 29 iyunidan 3 iyuligacha bo‘lgan davrda Farg‘ona viloyatining ayrim hududlarida glyatsial (muz) sel kelish havfi bor. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 29 iyunidan 3 iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirgan.
LiveBarchasi