“Og‘ir” tuman va mahallalar uchun kichik quyosh stansiyalari quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi 903 ta “og‘ir” tuman va mahallada ularni barqaror elektr bilan ta’minlash uchun 300 kilovattli kichik quyosh stansiyalari quriladi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda “og‘ir” tuman va mahallalarda aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqilgan. Avvalo, bunday hududlarni barqaror elektr bilan ta’minlash masalasini hal qilish zarurligi qayd etilgan.

Buning uchun 903 ta mahallaning har birida 300 kilovattli kichik quyosh stansiyalari qurilib, mahallaga beg‘araz aktiv sifatida beriladi. Stansiyalardan olingan “yashil” energiya hisobidan har bir mahallada 400-500 million so‘m qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv paydo bo‘ladi.

Bu “yashil” daromad “yashil” chora-tadbirlarni amalga oshirishga sarflanadi. Ya’ni ushbu mablag‘lar ehtiyojmand xonadonni “yashil” ta’mirdan chiqarib, energiya xarajatini kamaytirish va turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.

Quyosh stansiyalarini ekspluatatsiya qilishga mazkur mahallalarda yashovchi kambag‘al oila a’zolari ishga olinadi. 1-guruh nogironligi bo‘lib, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 6 ming 700 ta xonadon energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi.

Bu ishlar ixtisoslashuv darajasi yuqori bo‘lgan yana 1 mingta ilg‘or mahallada ham amalga oshiriladi. Kichik quyosh stansiyalari tayyor holda 7 yil muddatga mahallalarga foizsiz lizingga beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

quyosh stantsiyalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing