Og‘ir atletika. O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi medallari 3 taga ko‘paydi

Sport

image

O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 7-kungi bellashuvlarida o‘zbekistonlik Hojiakbar Olimov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

-89 kg vazn toifasida ishtirok etgan Olimov dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan kumush, siltab ko‘tarishda esa 192 kg bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ikki kurash hisobida 337 kg qayd etgan Olimov shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

U-20, -89 kg:

1. Alirozo Moyeni (Eron) — 357 (166+191) kg

2. Hojiakbar Olimov (O‘zbekiston) — 337 (145+192) kg

3. Ali Keshtkar (Eron) — 327 (141+186) kg

Biroz oldin Madina Fayzullayeva Osiyo chempionatida 5 medalni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergandik. 

Ayni vaqtga kelib  O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi umumiy medallari soni 36 taga yetdi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing