Off-road krossoverlari orasidagi yangi jiddiy raqib: HAVAL DARGO O‘zbekiston bozoriga chiqmoqda

Biznes

image

2024 yil iyun oyining oxiridayoq ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan dunyodagi mashhur HAVAL DARGO yo‘ltanlamas avtomobilining taqdimoti va sotuvlari boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu zamonaviy va texnologik avtomobil hayratlanarli texnik xususiyatlarga va boy jihozlanishga ega.

Bugungi kunda HAVAL DARGO o‘zining bozordagi mavjudligini muvaffaqiyat bilan isbotlay oldi. Xususan, qo‘shni Qozog‘iston va Rossiya mamlakatlarida oldingi DARGO X modeliga bo‘lgan talab yuqoridir. Ajoyib xususiyatlari va O‘zbekiston bozoridagi jozibador narx siyosati tufayli avtomobil jiddiy raqobatchiga aylanishi mumkin bo‘lib, bu uni xaridorlarning keng doirasini o‘ziga jalb qilishiga imkon yaratadi. Mazkur avtomobil qulaylik, xavfsizlik va universallikni qadrlovchilar uchun ideal tanlovdir. Shahardan tashqaridagi oilaviy sayohat yoki kundalik ish safari bo‘ladimi – HAVAL DARGO har qanday vazifani bajarishga tayyor.

Avtomobilning o‘lchamlari hayratlidir: uzunligi – 4620 mm, kengligi – 1890 mm (yon oyoq qo‘ygichlar bilan 1910 mm), balandligi – 1780 mm. G‘ildirak bazasi 2738 mm.ga, yo‘l sathidan balandligi esa – 200 mm.ga teng bo‘lib, bu uni ajoyib o‘tuvchilik qobiliyati bilan ta’minlaydi.

Yo‘ltanlamasning kapoti ostida turbopurkalishli va yoqilg‘ini bevosita purkalishiga ega bo‘lgan 4 silindrli benzinli dvigatel o‘rnatilgan. Quvvat agregatning ish hajmi – 1998 ku. sm, maksimal quvvati esa 5600-6300 ayl/daqiqada 192 ot kuchiga yetadi. Maksimal aylantiruvchi momenti – 1500-4000 ayl/daqiqa diapazonida 320 Nm.ga teng. Transmissiyasi 7 bosqichli robotlashtirilgan qoshaloq ulanmali uzatmalar qutisi orqali ta’minlangan. To‘liq privodli 4WD transmisiyasi avtomobilga yo‘lsiz joylarni osongina kechib o‘tishga imkon beradi. Shuningdek, Makferson tipidagi mustaqil old hamda ikki dastakli mustaqil orqa podveskalar ham yo‘ltanlamaslik xarakteristikalarini ta’minlaydi.

HAVAL DARGO yo‘ltanlamas avtomobilining asosiy afzalliklaridan biri – bu uning barcha yo‘lovchilari uchun salonda maksimal darajadagi qulay muhitning yaratilishidir. Mazkur muammoni innovatsion texnologiyalar va puxta o‘ylangan opsiyalar muvaffaqiyatli hal etmoqda.

Masalan, PREMIUM komplektatsiyasidagi lyukli panoramik tom salonni tabiiy yorug‘lik bilan to‘ldirib, ichki makonni vizual ravishda kengaytiradi. Havoni tozalash va ionlashtirish funksiyasiga ega ikki zonali iqlim nazorati, mikroklimatning optimal haroratini va tozaligini ta’minlash imkonini beradi. Haydovchi va old yo‘lovchilar uchun nafaqat shinam ko‘rinishga ega bo‘lgan, balki hatto uzoq sayohatlarda ham yon tomondan ajoyib tarzdagi qo‘llab-quvvatlovni hamda "nafas oluvchi" qulaylikni ta’minlovchi tabiiy, teshikli charmdan tayorlangan o‘rindiqlar ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, haydovchining o‘rindig‘i 8 ta elektr sozlamalar, shu jumladan bel tayanchi sozlamasiga ham egadir, old yo‘lovchi uchun esa ventilyatsiyasi va 4 ta elektr sozlamalar nazarda tutilgan. Uzoq sayohatlarda haydovchining o‘rindig‘idagi ventilyatsiya va massaj funksiyasi ham qulayliklar yaratadi. Ushbu opsiyalar butun safar davomida haydashda tengsiz qulayliklarni ta’minlaydi.

Avtomobilning 12,3 dyuymli Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlaydigan multimedia tizimi smartfoningizning avtomobilga to‘liq integratsiyalanishiga imkon beradi. Shu bilan birga, yo‘ldan chalg‘ishning hojati bo‘lmaydi – barcha kerakli ma’lumotlar zamonaviy 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar panelida aks ettiriladi. U turli rejimlarda, tezlikni, dvigatelning aylanmalarini, yoqilg‘i darajasini va boshqa muhim ma’lumotlarni aks ettirib ishlashi mumkin. Eng muhim ko‘rsatkichlarni old oynaga o‘rnatilgan proyeksion displey orqali kuzatib borish yanada qulaydir. Bu yerda haydovchi oxirgi yo‘l belgisini, hozirgi joriy tezlikni, kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni va xavfsizlik tizimlari signallarini kuzatib boradi.

PREMIUM komplektatsiyasidagi 10 dinamikli va subvuferli audio tizimi sayohat paytida juda to‘liq va hajmli tovushni baxsh etadi. Sevimli qo‘shiqlarni, podkastlarni yoki radioni tinglash yanada zavqli bo‘ladi. Shuningdek, salonda gadjetlarni zaryadlash uchun qulay yechimlar ko‘zda tutilgan. Simsiz zaryadlash uskunasi markaziy konsol ostidagi maxsus bo‘shliqda joylashgan bo‘lib, USB ulagichlari esa haydovchi uchun ham, old yo‘lovchi uchun ham, orqa o‘rindiqlardagi yo‘lovchilar uchun ham mavjud.

Yo‘ltanlamas avtomobil uchun standart jihozlar ro‘yxati o‘g‘rilikka qarshi zamonaviy texnologiyalarning butun majmuasini, shuningdek, old va yon xavfsizlik yostiqchalari; xavfsizlik pardachalari; kurs barqarorligini elektron boshqarish, tormozlanishda va qiyalikdan tushishdagi yordam, shinalar bosimi monitoringi, 360° tomonlama ko‘rish kameralari, haydash rejimimlarini (“Eko”, “Sport”, “Standart”, “Qor”, “Loy”, “Qum”, “Chim/Shagʻal”, “Doʻngliklar”) tanlash kabi tizimlar; va ko‘plab boshqa xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.

HAVAL DARGO – bu yuqori texnik xususiyatlar, zamonaviy jihozlanish va jozibali dizaynni o‘zida mujassam etgan yo‘ltanlamas avtomobil bo‘lib, uning qulaylik shinavandalari uchun ham, faol Off-road ihlosmandlari uchun ham haridorgir tanlovga aylanishi shubhasizdir.

Ta’kidlash joizki, HAVAL brendiga mansub bo‘lgan avtomobillarning O‘zbekistonda yig‘ilishi “Jizzax” EIZda joylashgan, ADM Global kompaniyalar guruhiga kiruvchi, O‘zbekistondagi birinchi xususiy investitsiyalar hisobiga qurilgan avtomobil zavodi bO‘lgan ADM Jizzakh zavodida amalga oshirilmoqda.

HAVAL krossoverlarining xarakteristikalari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishish mumkin.

HAVAL axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

HAVAL’ning rasmiy dilerlik markazlari: 

● ADM-ASTER Toshkent          Telefon: +998 (55) 506-25-52

● Sayor Motors Toshkent        Telefon: +998 (55) 519-00-01

● HAVAL Andijon                  Telefon: +998 (95) 179-01-01+998 (95) 179-00-01

● HAVAL Buxoro                      Telefon: +998 (91) 827-27-27

● HAVAL Samarqand               Telefon: +998 (55) 506-25-52

● HAVAL Termiz                      Telefon: +998 (90) 522-20-20

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made