Ertaga ba’zi viloyatlarda kuchli shamol esadi
Jamiyat
−
29 may 2020
15718Ertaga O‘zbekistonning ba’zi viloyatlarida havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilib, shamol tezligi 22 m/s ga yetadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +34...+36 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi jloylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi jloylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi