Odob-axloq kodeksini buzgan davlat xizmatchisi qanday jazolanadi?
Jamiyat
−
15 dekabr 2021 8178 2 daqiqa
Avvalroq Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarining odob-axloq kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur kodeks qabul qilingach, davlat xizmatchilari uning qoidalarini buzsa, ularga qanday jazo qo‘llaniladi? O‘zi jazo choralari ko‘zda tutilganmi? Adliya vazirligi Matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva shu savolga javob berdi.
"Ushbu kodeksda odob-axloq qoidalarini buzish holatlari va ularni ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda.
Davlat xizmatining nufuzini baholovchi mezonlardan biri jamoatchilikning fikri hisoblanadi. Shu bois davlat organining o‘z nufuzini yanada oshirish maqsadida fuqarolar bilan qayta aloqa mexanizmlaridan samarali foydalanishi zarur.
Xususan, fuqarolar tomonidan davlat xizmatchisining Kodeksda belgilangan talablarga rioya qilmaslik holati hamda korrupsiyaga oid xatti-harakatlari yuzasidan murojaat va xabarlarni aloqa kanallari orqali qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi belgilanmoqda", deydi vazirlik vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odob-axloq qoidalari buzilgani to‘g‘risida xabar bergan shaxslarning daxlsizligi ta’minlanib, uning ta’qib qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bundan tashqari, kodeks talablari buzilgan hollarda, sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab, mehnat qonunchiligi va davlat maxsus xizmatiga kiruvchi davlat organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda ichki idoraviy hujjatlarga asoslangan holda intizomiy javobgarlikka tortish masalalari yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda amalga oshirish belgilanmoqda.
"Qayd etish kerakki, mazkur loyihani ishlab chiqishda xorijiy davlatlarning (AQSH, Bolgariya, Serbiya, Argentina, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar) davlat xizmatchilarining odob-axloq munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan yagona hujjat ko‘rinishida qabul qilingan qonunlar, farmonlar va boshqa turdagi normativ-huquqiy hujjatlari o‘rganildi.
Qaror qabul qilinsa, barcha davlat tashkilotlaridagi ichki odob-axloq qoidalari mazkur hujjat asosida qayta ishlab chiqiladi hamda jamoatchilik uchun ochiqligi ta’minlanadi", deydi O‘rinboyeva.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr