Odilxon qori 8 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Odilxon qori Ismoilov sud hukmi bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudida “Rayxon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi, muqaddam sudlanmagan Odilxon qori Ismoilov va boshqalarga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. 

Sud hukmiga ko‘ra 7 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi “a” bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. 

Odilxon qori Ismoilovga 8 yil (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) asosan 7 yil 11 oy 28 kun) muddatga, qolgan 6 nafar sudlanuvchiga jinoiy xatti-harakatlaridan kelib chiqib turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. 

Jinoyat ishi doirasida yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi belgilangan. 

Ma’lumot uchun, Odilxon qori joriy yilning yanvar oyida huquq-tartibot organlari tomonidan hibsga olingan edi. 

U ko‘p yillar davomida Toshkent shahridagi bir nechta yirik masjidlarda, jumladan, Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va "Ko‘kcha" (Shayx Zayniddin) masjidi imomi sifatida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing