Oddiy yechim. Saraton xavfini kamaytirish siri aytildi

Salomatlik

image

Ko‘p odamlar rak kasalligidan qochish imkoniyatiga ega. Onkolog Magomed Sulaymanov xavfli kasallikning rivojlanish darajasini kamaytirishga yordam beradigan bir qator usullarni sanab o‘tdi.

Uning aytishicha, birinchi navbatda yomon odatlardan voz kechish va sog‘lom turmush tarziga o‘tish muhim. Misol uchun, chekish saratonning o‘ndan ortiq shakllarini yuzaga keltiruvchi omil sanaladi. Jumladan, o‘pka, halqum, qizilo‘ngach, jigar, oshqozonosti bezi, leykemiya, buyrak va boshqa a’zolar saratonining boshlanishi ushbu yomon odatga uzviy bog‘liq.Bundan tashqari, chekuvchilarning qarindoshlari ham bundan zarar ko‘radi. Ma’lum bo‘lishicha, erlari kuniga 20 dan ortiq sigaret chekadigan ayollarda saraton kasalligining rivojlanish xavfi taxminan 3-5% ga oshgani kuzatilgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, saratonning oldini olishning bir qismi sifatida ovqatlanishga e’tibor berish va kuchli quyosh nuridan himoyalanishni unutmaslik kerak.

Onkolog Magomed Sulaymanov sabzavot, o‘tlar, parranda go‘shti, ko‘p miqdorda omega-3 bo‘lgan baliq kabi mahsulotlar kasallik xavfini kamaytiruvchi eng muhim oziq-ovqatlar sirasiga kirishini qo‘shimcha qildi. 

"Ushbu mahsulotlar tanadagi yallig‘lanish jarayonini sezilarli ravishda kamaytiradi", deydi u.

"Bundan tashqari, jismoniy faollik (haftasiga kamida 150 daqiqa o‘rtacha jismoniy mashqlar) va infeksiyalardan himoyalanish qoidalariga rioya qilish kerak. Masalan, taniqli inson papilloma virusi ko‘p hollarda taxminan 75% ayollarda uchraydigan bachadon bo‘yni saratonining asosiy omilidir", deya maslahat beradi onkolog.

Abdullayev Azizbek


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Onkolog Magomed Sulaymanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar