Odamlarni to‘ydirgan “svet” va gaz muammosi: Jizzaxdagi shifoxonadan videomurojaat yo‘llandi

3-sahifa

image

Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida davolanayotgan bolaning onasi QALAMPIR.UZ'ga videomurojaat yo‘llab, tibbiyot muassasasida “otopleniye” ishlamayotgani va “svet” tez-tez o‘chayotganidan shikoyat qildi. Uning aytishicha, ayni shu sababli shifoxona juda sovuq va davolanish uchun sharoit yo‘q.

Qayd etilishicha, ushbu shifoxona Arnasoy tumanidagi yagona tibbiyot muassasasi hisoblanadi. Videodan ko‘rish mumkinki, shifoxonaning reanimatsiya bo‘limida “otopleniya” ishlamaydi, shifokorlar qalin kiyimda ishlashga majbur bo‘lmoqda. 

Tasvirlarda ayni paytda reanimatsiyada bo‘lgan bolaning qalin ko‘rpalarga o‘ralgan holda muolaja olayotgani aks etgan. 

Videomurojaat egasi Jizzaxning Arnasoy tumanidagi maktab direktori ekanini aytib, o‘g‘li sog‘ayib chiqqandan so‘ng, tumandagi barcha yashirilgan haqiqatlarni xalqqa ochiqlashini qo‘shimcha qilgan.

Tegishli tashkilotlardan ushbu murojaat yuzasidan munosabat kutib qolamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing