Odamlarni 18,4 mlrdga chuv tushirgan XBAning sud ishi bo‘yicha ma’lumot berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekistonda yana bir bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

“International Job Organization – xususiy bandlik agentligi”ning mansanbdor shahslariuf nisbatan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakuniga yetib, ular pul mablag‘larini noqonuniy jalb etish, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanganlar. Keyinchalik noyabr oyida jinoyat ishi materiallari sudga oshirilgandi. Hozirga kelib, sud Nukusga ko‘chirildi.

Oliy sud Matbuot xizmatining xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi ish yurituvidagi “International Job Organization xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslari Sh. Abdurahmonov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi hududlarga ko‘chirilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud jarayoni Nukusda davom ettiriladi.

Ushbu jinoyat ishining mazmunan ko‘rilishi joriy yil 9-10 dekabr kunlari jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi binosida bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “International Job Organization – xususiy bandlik agentligi”ning mansanbdor shahslariga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakuniga yetib, jinoyat ishi yuzasidan sud tergovi harakatlari o‘tkazilishi uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayhontoxur tuman sudiga yuborilgandi.

“International Job organization xususiy bankdlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslari 2019-2020 yillar davomida 2620 nafar fuqarolarni Germaniya, Polsha, Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborishni va’da qilib, har biridan 45,0 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarni qabul qilib, jami 18,4 mlrd so‘m pul mablag‘larni o‘zlashtirgan.

Tergov davomida mazkur MCHJ rahbari Sh.Abduraxmanov hamda uning 8 nafar jinoiy sheriklariga nisbatan JKning 168-moddasi 4-qismi “a,v” bandlari va boshqa moddalari bilan ayb e’lon qilingan va ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Sud muhokamasiga yuborilgan  jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan umumiy zararning 6 783 190 922 so‘mi undirilishi ta’minlangan bo‘lib, shundan 722 768 500 so‘m naqd pul mablag‘lari, 6 060 422 422 so‘mi esa xatlangan mol-mulklardir.

Mazkur jinoyat ishi hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudiga mazmunan ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Shuningdek, “International Job organization xususiy bandlik agentligi” MCHJ mansabdor shaxslari tomonidan bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar orqali pul mablag‘larini o‘zlashtirganlik holatiga oid qismi hozirda alohida ish yurituvga ajratilgan bo‘lib, mazkur jinoyat ishi doirasida 10 507 396 044 so‘mlik zarar qismi qoplanishi ta’minlangan, shundan 411 000 000 so‘m naqd pul va 10 096 396 044 so‘mi xatlangan mol-mulklarni tashkil qiladi. Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha ham qisqa muddatlarda tergovni tamomlash va sudga yuborish choralari ko‘riladi. 

Xulosa o‘rnida, sudda ko‘rilayotgan va dastlabki tergov davom etayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha yetkazilgan 18,4 mlrd. so‘m zararning 17,3 mlrd. so‘mi naqd pul va mol-mulk ko‘rinishida qoplanishiga erishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing