O‘zbekiston aholisi 34 milliondan oshdi

Jamiyat

image

2020 yilning 18 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34 milliondan oshib, 34002410 ni tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aholining 17093012 nafarini erkaklar, 16909398 nafarini ayollar tashkil etadi. 

Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, aholi soni 33905799 nafarni tashkil etayotgan edi. Yil boshidan bugungacha mamlakatda 126768 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. 1 yanvardan buyon 29051 kishi vafot etgan. 

O‘zbekistonga kelganlar 235020 nafarni tashkil etayotgan bo‘lsa, mamlakatdan ketganlar 24608 nafarga yetgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing