O‘zbekistonga 1 oyda qancha elektromobil import qilindi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar oyida 6 ta xorijiy davlatdan qiymati 13 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 389 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Unda qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 266 taga ko‘p. Shuningdek, mamlakatga import qilinayotgan elektromobillar soni yillar kesimida hisoblanganda ham raqamlar o‘rtasida katta farqni sezish mumkin. 

Masalan, so‘nggi yillarda import qilingan elektromobillar soniga e’tibor berilsa, 2018 yilda – 13 ta, 2019 yilda – 39 ta, 2020 yilda – 131 ta elektoromobil xorijdan keltirilgan. Qolaversa, 2021 yilda 647 dona elekromobil olib kirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yilda 2 baravarga oshgan. Ya’ni o‘tgan yil davomida o‘zbekistonliklar xorijdan keltiriladigan 2 180 dona elektromobillar importiga 69,8 mln AQSH dollari sarflagan.

O‘zbekistonga eng ko‘p elektromobil eksport qiluvchi davlatlar qatorida esa Xitoy doimo birinchilikni egallab keladi. Masalan, shu yilning yanvar oyidayoq ushbu mamlakatdan 346 ta elektromobil import qilingan.

Bundan tashqari, Gonkong, Germaniya, BAA, Litva, Koreya, Turkiya, AQSH hamda Ispaniya kabi mamlakatlar muntazam ravishda o‘zbekistonliklarga shu turdagi avtomashinalarini sotib keladi.

O‘zbekistonning chet eldan elektromobil import qiluvchi hududlari orasida esa Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati yetakchilik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing