Odamlar Toshkentdan eng ko‘p qaysi hududlarga ko‘chayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

2022 yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahridan ko‘chib ketish o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 80 kishiga (1,6 foizga) kamaygan.

Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganlar soni:

•  Toshkent viloyati – 3611 kishi;

•  Qashqadaryo viloyati – 194 kishi;

•  Samarqand viloyati – 130 kishi;

•  Xorazm viloyati – 117 kishi;

•  Surxondaryo viloyati – 117 kishi;

•  Buxoro viloyati – 112 kishi;

•  Navoiy viloyati – 88 kishi;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 88 kishi; 

•  Jizzax viloyati – 82 kishi;

•  Farg‘ona viloyati – 82 kishi; 

•  Andijon viloyati – 76 kishi;

•  Sirdaryo viloyati – 70 kishi;

•  Namangan viloyati – 46 kishi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 1 iyul holatiga Toshkent shahri aholisi 2 909,5 ming kishini tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

842

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing