Odamlar Ronaldu 37 yoshda ekanini unutib qo‘ymoqda – Berbatov
Sport
−
02 mart 2022 8755 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubining faoliyatidagi inqirozli davrni o‘tkazayotgan hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qilayotganlar uning 37 yoshda ekanini unutib qo‘yyapti. Bolgariya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar va "Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov shunday fikr bildirib, sobiq jamoadoshini himoya qildi.
“Jamoalar yomon natijalarga erishganida, har doim yulduz futbolchilar aybdor bo‘laveradi. “Manchester Yunayted”ga kelsak, ularning qoniqarsiz natijalariga Krishtianu Ronaldu aybdor sifatida ko‘rsatilmoqda. Maydonda 11 nafar futbolchi bor va aybni teng bo‘lishish kerak. Ronaldu futbol olamining timsoli va odamlar uning 37 yoshda ekanligini unutmasliklari kerak. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan bir-ikki yomon o‘yin namoyish qilishga haqqi bor. O‘ylashimcha, Ronaldu “Yunayted” uchun yetarlicha harakat qilmoqda. Shunchaki muxlislar uning o‘tmishdagi yutuqlari tufayli ko‘proq narsani kutishmoqda”, degan Berbatov “The Sun” nashriga bergan intervyusida.
Ronaldu 2021 yilning yozida "Yuventus"dan 15 million yevro evaziga "Manchester Yunayted"ga qaytgan edi. Joriy mavsumda hujumchi APLning 23 ta uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ronalduning ingliz klubi bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. “Transfermarkt” portali portugaliyalik futbolchini 35 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr