Odamlar qabr ustunlarini o‘pib, zinaga sajda qilmoqda

Tahlil

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati, Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida joylashgan “Zarkent bobo” ziyoratgohidagi kundalik holat tasvirlangan video tarqaldi. Unda ziyoratgohga kelganlar qabr atrofidagi ustunlarni tavof qilayotgani, ularni birma-bir o‘pib chiqayotgani tasvirlangan. Lavhada onalari va yaqinlari ortidan ayni xatti-harakatlarni takrorlayotgan voyaga yetmagan bolalarni ham ko‘rish mumkin. 

Videoni suratga olayotgan kishi bunday amallar shirk ekani, bu Islomni to‘liq anglamaslik oqibatida kelib chiqayotgani, ziyoratgohlar esa ana shunday amallar ortidan daromad topish manbaiga aylanib qolganini aytadi. 

Video so‘ngida bir ayol yoniga ikki voyaga yetmagan go‘daklar bilan qabrga olib chiquvchi zizaning g‘ar bir pog‘onasiga bosh qo‘yib, sajda qilayotganini ko‘rish mumkin. 

“Bunaqasini qayerda ko‘rgansiz? Bundan ortiq shirk bormi? Har bir zinaga bosh qo‘yib, sajda qilishyapti”, deydi lavhani tasvirga olgan kishi.

Hozircha mazkur videoga O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy izoh bergani yo‘q. 

Xo‘sh, siz bu videoga qanday fikr bildirasiz? Bunday holatlarning kelib chiqish sabablari nima? Nima uchun ziyoratgohlarda unda ziyorat qilish tartib qoidalari qatorida, ana shunday shirk amallarni bajarmaslik haqidagi eslatmalar bitilmagan? 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing