Odamlar 11 mlrd so‘mlik keshbekka “uxladi”
Jamiyat
−
02 fevral 2022
20293Soliq mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan 15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan 11 mlrd so‘mlik keshbek summasi bekor qilinadi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Xabariningiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirib, xarid chekini Soliq mobil ilovasidan ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar 1 foiz keshbekka ega bo‘lmoqda edi.
1 yanvardan 1 fevralga qadar 32,7 mlndan ortiq (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan, 17,1 mlntaga yoki 191 foizga oshgan) xarid cheki onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan bo‘lib, shundan 1,48 mlndan ortig‘iga Soliq mobil ilovasi orqali 19,4 mlrd so‘mlik keshbek hisoblangan.
Soliq qo‘mitasiga ko‘ra, bugungi kunga qadar keshbek uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat ko‘rsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega bo‘lish maqsadida vazifalarini suiiste’mol qilib o‘zgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni o‘z nomidan ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari aniqlangan.
Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan o‘zlari xizmat ko‘rsatayotgan 281 ta tadbirkorlik sub’ektining 11 mlrd so‘mlik 15,9 mingta xarid cheki ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Xususan, 3 nafar TXKM xodimlari:
• Q.N. tomonidan 178 ta tadbirkorning 7 524 ta 5,8 mlrd so‘mlik,
• Q.A. tomonidan 80 ta tadbirkorning 5 206 ta 4,6 mlrd so‘mlik,
• R.F. tomonidan 23 ta tadbirkorning 3 131 ta 0,6 mlrd so‘mlik cheklarning QR-kodlari orqali ilovadan ro‘yxatdan o‘tkazgan.
“Soliq mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan ro‘yxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilinadi. DSQ keshbek amaliyoti to‘g‘ri qo‘llanilishini doimiy nazorat qilib boradi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi