Odam savdosidan jabrlanganlar ma’lumoti sir saqlanadi 

Jamiyat

image

Endilikda odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi axborot oshkor etilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolagan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunda aks etdi.

Yangi imzolangan qonunga ko‘ra, odam savdosidan jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida identifikatsiya qilinadi.

Shuningdek, Qonunda odam savdosidan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashuvini ta’minlash tartibi belgilanib, ular, jumladan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•  ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam ko‘rsatishni;

•  vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitari-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa zarur ashyolar bilan ta’minlashni;

•  ishga joylashishda, ta’lim olishda, kasbiy jihatdan yo‘naltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam ko‘rsatishni;

•  ijtimoiy jihatdan qayta integrasiyaga, shu jumladan qarindoshlarni izlashida yordam ko‘rsatishni.

Qonunda shu bilan birga, odam savdosidan jabrlanganlar to‘g‘risidagi hamda ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek ko‘rilgan xavfsizlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor etilmasligi belgilandi.

Mazkur qonun qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi, deyiladi xabarda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing