Odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentga ekstraditsiya qilindi
3-sahifa
−
30 dekabr 2022 10262 1 daqiqa
Odam savdosi jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Joriy yilning 28 dekabr kuni Kuala-Lumpurdan Toshkentga O‘zbekistondagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan ayol olib kelingan.
Ma’lum qilinishicha, qidiruvda bo‘lgan ayol Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan.
Ekstraditsiya masalasining ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentga olib kelish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr