“Odam amfibiya” aktyori koronavirusdan vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Bugun, 2 yanvar kuni "Odam amfibiya" filmida asosiy rolni ijro etgan Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Vladimir Korenev koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda uning qizi Irina Korenevaga asoslanib xabar berilgan. 

"Ha, u vafot etdi. O‘limidan oldin u koronavirusga chalinib, "qizil zonada" bo‘lgan", degan Koreneva. 

Vladimir Korenev 1940 yilning 20 iyunida Sevastopolda tug‘ilgan. 1957 yilda talaba bo‘lgan Korenev, talabaligining so‘nggi yilida Vladimir Chebotarevning "Odam amfibiya" filmida asosiy rolni o‘ynagan. Aynan shu roli Korenevga mashhurlik keltirgan. 

Shuningdek, u "Don Kixot bolalari", "Vatan o‘g‘lonlari" kabi bir qator filmlarda suratga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Korenev

Baholaganlar

364

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar