Octobank raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchiligini tasdiqladi 

Biznes

image

Octobank 9-10 aprel kunlari Toshkentda o‘tkazilgan E-commerce Central Asia Expo forumida O‘zbekiston elektron savdo sohasida yetakchi ekvayring banki sifatida maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Bank 2024 yili elektron to‘lovlar bo‘yicha eng yaxshisi deb tan olindi.

Mukofotni tashkil etishda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi ishtirok etgan.

Mukofotni Bank Raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Po‘latovga topshirish munosabati bilan O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi raisi Diyor Mirzaahmedov bankning raqamli to‘lovlar sohasidagi yorqin faoliyati va onlayn-biznesni qo‘llab-quvvatlashdagi muhim hissasini alohida ta’kidladi.

"Qabul qilingan mukofot biz uchun faqat tan olish emas, balki ekvayring sohasidagi tizimli ishimizga berilayotgan yuqori bahodir. Biz yangi texnologiyalarni joriy etish, onlayn-biznes va tadbirkorlik sektorini qo‘llab-quvvatlashda faol ish olib bormoqdamiz. Raqamli to‘lovlarni yanada tez, xavfsiz va qulay qilishga harakat qilmoqdamiz. Yuqori baholanganimizdan minnatdormiz va O‘zbekistonda elektron savdoni rivojlantirishdagi rolimizni yanada kuchaytirishda davom etamiz", dedi Dilshod Po‘latov.

Forumda yirik tadbirkorlar, ekspertlar, investorlar va texnologiya tashkilotlari ishtirok etdi, Octobank esa ekspozitsiya zonasida ishtirok etdi hamda tadbirning ishbilarmonlik dasturiga ko‘maklashdi.

Avvalroq Octobank Visa’dan 2024 yili ekvayring tranzaksiyalarining rekord holatda amalga oshirilganligi uchun "Best e-com acquirer" nominatsiyasida mukofot olgan edi.

Octobank 20 yildan ortiq vaqtdan beri O‘zbekiston bozorida raqamli infratuzilmani rivojlantirib, elektron savdoni o‘z mijozlariga qulay va oson qilishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunda 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va 2500 dan ziyod korporativ mijozlar Octobank’ning xavfsizligi va xizmatining afzalliklarini baholamoqda.

Forum haqida: E-commerce Central Asia Expo – Markaziy Osiyoda elektron savdo ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yirik maydonlardan biri bo‘lib, mahalliy biznesni onlayn muhitga chiqarish, tajriba almashish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va zamonaviy e-commerce yechimlarini ilgari surishga qaratilgan.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing