Octobank brendining qiymati 30 mln dollarni tashkil qildi
Biznes
−
03 aprel
3274Octobank — Brand Awards International mukofoti doirasida O‘zbekistonda rasmiy baholangan ilk brend.
2024 yil yakunlariga ko‘ra, Octobank brendi 30 mln dollar (2025 yil 17 martdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 388 mlrd so‘m) deb baholandi.
Baholash Marketing assotsiatsiyasi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Brand Awards International mukofoti doirasida amalga oshirildi.
Baholashda “Royaltilardan ozod qilish” usuli qo‘llanildi. Bu usul daromad prognozi, o‘rtacha bozor royalti stavkasi va tavakkalchilik darajasiga moslashtirilgan chegirma stavkasini inobatga oladi.
“Octobank – qiymati O‘zbekistonda rasmiy baholangan ilk brend. Bu bozor uchun muhim voqea. Bank jadal o‘sish, innovatsion yondashuv va yuqori xizmat sifatini namoyon etmoqda. Bu esa uning brendida ham aks etmoqda”, deydi Marketing assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov.
“Brend qiymati mijozlarning bizga va mahsulotlarimizga qay darajada ishonishini tushunishga yordam beradi. Bu natija bizni quvontiradi, ammo bu faqat boshlanishi. Octobank rivojlanishda davom etadi, eng yaxshi moliyaviy yechimlarni taklif qiladi va bozordagi pozitsiyasini mustahkamlaydi”, deydi Octobank Marketing boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Alinazarov.
Brend qiymatini baholash quyidagi afzalliklarni beradi:
- Investorlarni jalb qilishga yordam beradi.
- Marketing faoliyatining samaradorligini baholash imkonini yaratadi.
- Raqobatchilar orasida ajralib turishga yordam beradi.
Brend baholash va Brand Awards International mukofoti haqida batafsil ma’lumot marketing.uz saytida.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi – antimonopol qonunchilik nazorati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobatni tartibga solish uchun mas’ul davlat organi.
O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi — mamlakatda marketing industriyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot.
Octobank – innovatsion texnologiyalarga asoslangan bank bo‘lib, 20 yildan ortiq vaqt davomida mijozlarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Bankning mijozlar bazasi 3 milliondan ortiq jismoniy shaxslar va 2500 dan ortiq korporativ mijozlarni o‘z ichiga oladi.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi
Trenddagilar



