Ochlikdan o‘layotgan G‘azo bolalari (fotoreportaj)

Olam

_132837722_mediaitem132837721.jpg

BMT rasmiylari G‘azo sektorining shimolida bolalarning to‘yib ovqatlanmaslik darajasi ayniqsa yuqoriligi va anklav janubidagidan qariyb uch baravar ko‘pligini bildirdi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining G‘azo va G‘arbiy Sohil bo‘yicha vakili Richard Piperkornning aytishicha, anklav shimolida ikki yoshgacha bo‘lgan har olti boladan biri o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda.

“Bu yanvar oyida qayd etilgan. Bugun vaziyat bundan ham battar”, deya qo‘shimcha qildi Piperkorn. 

UNICEF vakili Jeyms Elderning bildirishicha, G‘azo shimolidagi besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaslik darajasi janubdagi Rafahdagidan uch barobar ko‘p. Shimolda urush boshlanganidan beri yordam olish imkoniyati keskin cheklangan.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, so‘nggi bir necha kun ichida G‘azo shimolidagi “Kamol Advan” shifoxonasida kamida 15 bola to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan.

Shuningdek, ochlikdan tashqari hududda yuqumli kasalliklar xavfi ortib bormoqda. Elderning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda besh yoshgacha bo‘lgan har 10 bolaning to‘qqiz nafari – taxminan 220,000 nafari kasal bo‘lib qolgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing