Ochiq maydon – turar joy uchun yangicha uslub

Biznes

image

Golden House mijozlarga o‘zgacha uslubdagi xonadonlarni taqdim etdi: studiya formatidagi 1 xonali va Yevropacha uslubdagi 2 xonali xonadonlar!

Ilk studiya va Yevropacha formatdagi xonadonlar o‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘ldi va Amerika, Yaponiya hamda Yevropada nihoyatda ommabop bo‘ldi. Doimiy devorning yo‘qligi yosh oilalarga, talabalarga, yoshi katta insonlarga va ijod ahliga xush yoqdi. Bunday xonadonlarda xonalarni vizual jihatdan kattalashtirish, xona tarhini o‘zgartirgan holda mebel jihozlarini didga moslab joylashtirish mumkin. O‘zbekistonda (boshqa MDH davlatlaridagi kabi) ochiq turdagi tarhlarga bo‘lgan moda yaqin-yaqindan paydo bo‘ldi va o‘zining qulayligi, keng funksionali, nisbatan hamyonbopligi va erkinligi tufayli tezkorlik bilan ommalashib bormoqda.

Poytaxtning eng ilg‘or qurilish va developer kompaniyalaridan biri — Golden House mahalliy bozorda ko‘plab jabhalarda novator hisoblanadi va ayni damda o‘zining mualliflik loyihasi bo‘lmish “DINASTIYA” turar joy majmuasida studiya formatidagi xonadonlarni sotuvga qo‘yib, mijozlarga taqdim qilmoqda. Ushbu majmua Toshkentning markaziy qismlarining birida, Pushkin metro bekati yaqinida joylashgan. Majmua biznes toifasidagi rezidensiyalarga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi –mashinasiz yashil hovli, mualliflik dizayni, innovatsion texnologiyalar va qurilish sifati mijozlarga zamonaviy megapolisda xotirjam muhit va jo‘shqin hayotning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlaydi. Aynan shu yerda maydoni 31 dan 66 m² gacha bo‘lgan 1 xonali studiya va Yevropacha uslubdagi 2 xonali xonadonlarni xarid qilish mumkin!

Keling, ochiq turdagi tarhlarning afzalligi nimada ekanligini ko‘rib chiqamiz. Avvalambor, studiya formatidagi xonadon aslidan ancha kengroq ko‘rinadi va nihoyatda shinam, funksional va o‘zgacha uslubda bo‘la oladi. Bularga yorug‘lik, faktura va ranglarni o‘zgartirgan holda dizaynerlik yechimlari yordamida erishish mumkin. Studiya imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish uchun maydonni qismlarga bo‘lishdan boshlash lozim. Ish hududi, dam olish va uyqu hududlari qayerda bo‘lishini, ovqatlanish stolini, televizorni qayerga qo‘yishni belgilab oling. Keyingi bosqichda hududlarni bir-biridan ajratish va ularga o‘zgacha uslub bag‘ishlash kerak –  shiftlarni turli balandlikda qilish, turli pol qoplamalaridan foydalanish, devorlarni kontrast ranglarida bo‘yash va yorug‘likni sozlash. Ikki tarafi ochish javonlar, oynali to‘siqlar, podiumlar va akvariumlar har qanday maydonni vizual jihatdan kengaytirishi va quday qilishi mumkin. Misol uchun, studiya formatidagi xonadonlarda oshxonani ovqat pishirish uchun ham, ovqatlanish uchun ham foydalanish mumkin bo‘lgan bar ustunchasi bilan ajratishadi.

Yevropacha uslubdagi 2 xonali xonadon (ruscha “Yevrodvushka”) — bu ikki xonali xonadonda oshxona va mehmonxona bir yirik xonaga birlashtirilgan, yana bir xona esa yotoqxona sifatida ishlatiladi. “DINASTIYA” turar joy majmuasida ushbu turdagi xonadonlarning ba’zilarida ikkita sanuzel ko‘zda tutilgan. Yevropacha tarhning asosiy afzalligi shundaki, keng oshxona va mehmonxonada ko‘pchilik yig‘ilishi, suhbatlar uyushtirishi, ovqatlar tayyorlashi va ovqatlanishi mumkin. Ayni shu yerda ba’zilar ish va dam olish hududini tashkillashtiradi. Yevropacha tarhning asosiy plyusi oddiy 2 xonali xonadonga nisbatan narxlarning arzonligida.

Bunday xonadonlarda mebel jihozlarini devor bo‘ylab qo‘yish odatidan voz kechib, markaziy maydondan foydalanishni boshlash mumkin. Puxta o‘ylab tanlangan divan esa dam olish va ovqatlanish hududlarini ajoyib tarzda ajratib bera oladi. Harakatlanishda erkinlik va barcha hududlarni ko‘ra olish, shu bilan birga, ularning o‘ziga xosligini saqlab qolish – studiya formatidagi xonadonlarda o‘zgacha uslubda va shinamlikda yashash uchun eng maqbul yechim.

“DINASTIYA” TJM dagi studiya va yevropacha 2 xonali xonadonlar ijod ahllariga, talabalar, yosh oilalar va yoshi katta insonlarga nihoyatda mos keladi. Bundan tashqari, bunday turdagi xonadonlar ijaraga berish orqali tadbirkorlik qilish uchun ham ajoyib variant bo‘la oladi.

Ijodiy erkinlikni istaysizmi? “DINASTIYA” turar joy majmuasiga nazar soling!

Golden House savdo ofislariga murojaat qiling, saytda so‘rov qoldiring va ochiq maydonli xonadonlarni tanlang!

Call-markaz: (+998) 78−150−11−11.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing