Obameyang Angliyaga qaytishi mumkin. Ammo qaysi klubga?

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Per-Emerik Obameyang Angliya klubiga o‘tishi mumkin. Londonning “Chelsi” klubi gabonlik hujumchini transfer qilmoqchi. Chunki, klubning to‘qqizlik o‘yinchisi bo‘lgan Lukaku Milanning “Inter” klubiga o‘tdi, klub rahbarlariga esa “strayker” kerak. Bu vaziyatda Auba eng yaxshi variant bo‘lib turibdi.

“Aristokratlar” hozirga qadar Karni Chukvuemekini, Raxim Sterling, Kalidu Kulibali, Geybriyel Sloninani jamoaga qo‘shib oldi. Biroq, Lukakuning o‘rni hamon to‘ldirilmadi. “Ko‘klar” Auba transferini amalga oshira olmasa, Depayga “sovchi” jo‘natmoqchi. 

Ma’lumot uchun, Auba “Barsa” tarkibida 23 ta uchrashuvda 13 ta gol 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt“ portali 33 yoshlik hujumchini 15 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Angliyada transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing