Obamaning 99 yoshli buvisi vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Keniyada AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obamaning o‘gay buvisi vafot etdi. U 99 yoshda edi, deb xabar bergan "MIR 24" CapitalFM radiosiga tayanib

Sara Obama Barak Obamaning ota tomondan bobosining uchinchi xotini bo‘lgan. 

U sobiq Prezidentning qondosh qarindoshi bo‘lmaganiga qaramay, Barak Obama unga doimo iliq munosabatda bo‘lib, uni Sara ona deb chaqirgan. 

Obama o‘gay buvisini ko‘rishga oxirgi marta 2018 yilning yozida borgan. 

Saraning qizi Marsat Onyango jurnalistlarga onasining o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, keksa ayol so‘nggi kunlarda o‘zini yomon his qilgan. U Kisumu shahar shifoxonasida vafot etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Barak Obama 1961 yilda Gonoluludagi Gavayi orollarida tug‘ilgan va u hech qachon Keniyada yashamagan. 

Uning onasi, oq tanli amerikalik Stenli Enn Danxem va otasi, keniyalik Barak Xuseyn Obama 1964 yilda ajrashgan. Shundan so‘ng AQSHning bo‘lajak Prezidentining otasi Afrikaga qaytib ketgan. Erkak 1982 yilda baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sara Obama

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar