Ohangaronda nasha plantatsiyasi topildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yashovchi fuqaro xonadonida 800 tupdan ortiq giyohvand o‘simligi yetishtirayotgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ohangaron tumani Yangibozor ko‘chasida yashovchi 38 yoshli B.J.ning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, tomorqaning 200 m2 ochiq maydonida giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simliklar zich holatda ekilgani, tomorqada joylashgan makkajo‘xori ekinlari orasida esa 59 tup giyohvand o‘simligiga o‘xshash ekin va yelim idishda 8 tup giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik yetishtirilayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, hovlida xam 1 tup quruq holdagi giyohvand o‘simligiga o‘xshash o‘simlik saqlanayotgani aniqlangan bo‘lib mazkur o‘simliklar o‘rnatilgan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, tadbir davomida B.J.ning xonadonidan olingan jami 803 tup va 171 gramm miqdordagi ho‘l holdagi o‘simlik tuplari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik moddalari “kannabis” giyohvandlik vositasi turiga kirishi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga suiqasd) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

287

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing