Ohangaronda mudhish YTH: KamAZ va Lacetti to‘liq yonib ketdi (video)

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida KamAZ, Lacetti va MAN avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 10 may kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ubayda” MFY xududidan o‘tgan R-4 va  A-373 avtomobil yo‘li kesishgan chorrahasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi O.T. boshqaruvidagi MAN rusumli hamda 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi X.Yu. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil va 1999 yilda tug‘ilgan M.T. boshqaruvida bo‘lgan KamAZ rusumli yuk avtomobillari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. 

To‘qnashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelib, haydovchilar X.Yu hamda M.T. tan jaroxatlari olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa joyiga Ohangaron tuman FVBning 4 ta yong‘in-qutqaruv guruhi 21:56 da yetib borgan. Yong‘in 21:58 da qurshab olinib,  22:08 da to‘liq bartaraf etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

395

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing