Ohangaronda fuqaro YTH sodir etishi oqibatida piyoda vafot etdi
3-sahifa
−
18 dekabr 2022
4109Toshkent viloyatida Spark haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Oqibatda fuqaro vafot etdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.
Joriy yilning 13 dekabr kuni Ohangaron tumanida soat 21:45 da Spark haydovchisi piyodani urib yuborgan. U fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda fuqaro vafot etgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu holatni 1996 yilda tug‘ilgan, O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlangan.
“Olmaliqdan xotinim bilan qaytayotgandim. Yo‘lni o‘rtasida odamni ko‘rdim, mashinani yonga oldim. Lekin oynam xira bo‘lgani uchun uni urib yubordim. Shok holatga tushdim. O‘zimni bilmay to‘xtamasdan ketib qoldim. Shifoxonani topib, uning holatini bilmoqchi bo‘ldim. Avariya bo‘lgan holda ichki ishlarga xabar berish va tez yordamni chaqirishni hammaga tavsiya qilaman”, deydi ayblanuvchi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksning 266 va 117-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Xorazm viloyatida Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etishi oqibatida fuqaro vafot etgandi.
LiveBarchasi