Ohangaronda 10 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatida 10ga yaqin avtomobil YTHga uchragani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, voqea bugun, 17 noyabr soat taxminan 18:50 da viloyatning Ohangaron tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 132-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Haydovchilar ob havo sharoitini inobatga olmasdan, oraliq masofani saqlamagan holda harakatlanishi oqibatida mayda to‘qnashuvlar yuz bergan. YTH oqibatida hech kim jarohat olmagan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda, voqea joyida Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB YHXB xodimlari harakat xavfsizligini ta’minlagan holda surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

“Hurmatli haydovchilar! Hozirgi ob-havoda yo‘l sharoitini hisobga olib, harakat vaqtida oraliq masofa va tezligingizga e’tiborli bo‘ling. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing