Ohangaronda hokimlik haydovchisi hokimga maslahatchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimining bugun, 26 noyabrdagi tegishli farmoyishi bilan hokimlik haydovchisi Bo‘tabek Kimsanboyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda “e-qaror” saytida e’lon qilingan hokim farmoyishida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, Bo‘tabek Ergashevich Kimsanboyev Ohangaron tumani hokimligi Bolalarni ximoya qilish sho‘’basi bosh mutaxassisi vazifasiga 2021 yil 23 noyabrdan shtatlar jadvaliga muvofiq maosh bilan ishga qabul qilingan hamda unga hokimning “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risi”dagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasi yuklatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Bo‘tabek Kimsanboyev tayinlovga qadar Ohangaron tumani hokimligida haydovchi bo‘lib ishlab kelayotgan bo‘lgan. Uning tumani hokimligi xaydovchisi sifatidagi shartnomasi Mehnat kodekisiga binoan tayinlovdan oldin bekor qilingan.

Foto: Abdurasul Ne’matovich Abdullayev

Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda Ohangaron tumani hokimi lavozimida Abdurasul Ne’matovich Abdullayev faoliyat olib bormoqda. U ushbu lavozimga 2020 yilning sentyabr oyida tayinlangan. Qayd etish kerakki, ushbu tuman reyting ko‘rsatkichi bo‘yicha respublikada mavjud 205 ta shahar va tumanlar ichida 77-o‘rinda bormoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

487

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing