Ohangaronda betonga urilgan Mercedes-Benz yonib ketdi

Jamiyat

image

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilish har birimizning burchimizdir. 

Bugun, 14 oktyabr kuni soat taxminan 15:10 lar atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 158 kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Angren shahridan Ohangaron shahri tomonga harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 01 423 GGA bo‘lgan  Mercedes-Benz rusumli yuk mashinasi yomg‘irli ob-havo sharoitida rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. 

Zarb natijasida kelib chiqqan yong‘in sababli yuk mashinasi yonib ketgan.

Yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan haydovchi — 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.E sog‘-salomat. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Angren shahridan Ohangaron shahri tomonga

Baholaganlar

77

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar