Chexiyaga kuchli dovul yopirildi
Olam
−
24 fevral 2020
402723 fevral tun bo‘yi sodir bo‘lgan dovul va undan keyingi kuchli shamol va jala oqibatida Chexiyadagi 15 mingga yaqin oila elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqida mamlakatning yetakchi milliy elektr tarmoqlari kompaniyalari hisoblanmish ČEZ va E.ON matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Germaniyadan kelgan dovul, birinchi navbatda, Chexiyaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy mintaqalariga ta’sir ko‘rsatdi. Kuchli shamol oqibatida o‘nlab daraxtlar avtomobil va temir yo‘llariga tushdi. 30 ga yaqin joyda poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatildi. Xodimlar va o‘t o‘chiruvchilar vaziyatni imkon qadar yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, deyiladi ČEZ kompaniyasi matbuot xizmati bergan ma’lumotda.
Yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Karlovы Varы shahrida daraxt yo‘lovchisi bor avtobus ustiga yiqilgan. Oqibatda 2 kishi yengil jarohat olgan.
“Respublikaning shimolidagi Snejka tog‘i mintaqasida shamolning tezligi soatiga 223 kilometr tezlikkacha chiqdi”, dedi gidromet markazi vakili Mixal Jak jurnalistlarga.
Sinoptiklar fuqaro va muassasalarni dushanbadan yarim tungacha respublikada kuchli shamol esishi haqida ogohlantirdi.
LiveBarchasi