Tushgan tishlar o‘rniga yangi va sog‘lom tishlar o‘stirish mumkin

Salomatlik

image

Dunyo olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, insonning tushgan tishlari o‘rniga yangi va sog‘lom tishlar o‘stirish mumkin. Bu holat ko‘plab tishlar bilan bog‘liq muammolari bor odamlarda umid uyg‘otmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi marta 2002 yilda buyuk britaniyalik olimlar yakka tartibdagi hujayralardan deyarli butun, lekin zaif tishlarni o‘stirishga muvaffaq bo‘lgan. 2007 yilda esa yapon olimlari sichqonlarda mutlaqo yangi, ammo ildizsiz tishlarni o‘stirish amaliyotini fanga olib kirdi. 2009 yilda sog‘lom tishlarni, hatto ildizi bilan birga o‘stirishga erishildi. Ammo, muammo shunda ediki, o‘stirilganlari tug‘ma tishlarga qaraganda hajman ancha mayda edi.

2013 yilda xitoylik olimlar inson biomateriallari yordamida sichqonlarda odam tishini o‘stirdi. 2015 yilda yangi, yosh va sog‘lom tishlar zararlangan tish o‘rnida  yoki mutlaqo bo‘m-bo‘sh milkda o‘stirildi. Buning uchun tadqiqotchilar tabiiy xomashyodan tish karkasini yaratdi hamda uni ildiz hujayra va stimulyator yordamida bor-yo‘g‘i 2 oy ichida bo‘y cho‘zdirishga erishdi.

2018 yilda bu jarayon to‘liq amalga oshdi: elastin biopolimeri apatit nanokristallarning o‘sishini ta’minladi. Bu kashfiyot esa inson tanasidagi barcha a’zolarni o‘stirish mumkinligiga umid uyg‘otdi. Qizig‘i, mazkur amaliyot narxi arzon emas – bitta tish o‘stirish 3000 yevro turadi. Shunday bo‘lishiga qaramay, dunyoda tishlarini o‘stirishga talabgorlar safi kengayib bormoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing