Nursulton Ro‘ziboyevning Borraloga qarshi jangi bekor qilindi
Sport
−
09 Oktabr 2023
11036O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning 4 noyabrdagi jangi bekor qilindi. O‘sha kuni u braziliyalik Kayo Borraloga qarshi jang qilishi kerak edi.
Ma’lum bo‘lishicha, UFC Borraloga Nursultonning o‘rniga boshqa raqib — germaniyalik Abusufyon Muhammadovni bergan. O‘zbekistonlik sportchining jangdan chiqib ketish sababi esa hali ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Uning UFC'dagi natijasi 1-0 va Ro‘ziboyev promoushendagi ilk jangida braziliyalik MMA'chi Bruno Ferreyra bilan jang qilib, uni nokautga uchratgan edi.
Kayo Borralo esa faoliyati davomida 15 ta jangda qatnashib, 14 marta g‘alabaga erishgan va 1 marta imkoniyatni boy bergan. Borralo UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.
LiveBarchasi