Nursulton Nazarboyevning yuragi operatsiya qilindi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning yuragi operatsiya qilindi va jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni Nazarboyevning matbuot kotibi Aydos Ukibay Twitter'da ma’lum qildi.

"Nursulton Nazarboyevning yuragida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Birinchi Prezidentning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Hozir u kuzatuv ostida. Operatsiya Milliy ilmiy kardiojarrohlik markazida mashhur kardiojarroh Yuriy Pya rahbarligida bo‘lib o‘tdi”, deb yozdi Ukibay Twitter'da.

Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev 2019 yil mart oyida Qozog‘iston Prezidenti lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan edi. Shundan so‘ng Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh-qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi.

Oradan deyarli 3 yil o‘tib, joriy yilning 12 yanvar kuni Nursulton Nazarboyevga ilgari berilgan faxriy senator maqomi parlament reglamentidan olib tashlandi. 13 yanvar kuni Qozog‘iston parlamenti deputatlari palatalarning qo‘shma majlisida “Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonunni bekor qildi. Shunday filib, Nazarboyev Elboshi unvonidan va alohida huquqlaridan mosuvo qilindi.

17 yanvar kuni esa Qozog‘iston hukumati madaniyat sohasida beriladigan davlat stipendiyasi nomidan respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev nomini olib tashladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing