Nurmuhamedovning UFC-272 turniridagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

25 yoshli rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmuhamedov joriy yilning 5 mart kuni UFC-272 turnirida 35 yoshli amerikalik Brayan Kellexer bilan jang o‘tkazadi. Bu haqda MMA olamining taniqli insayderi Brett Okamoto Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmuhamedov o‘zining so‘nggi jangini o‘tgan yilning yanvarida Sergey Morozovga qarshi o‘tkazgan va ikkinchi raunddayoq raqibini bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub etgan edi. Bu Umarning UFC'dagi debyut janggi bo‘lgan.

Kellexerga kelsak, u o‘zining so‘nggi jangini joriy yilning yanvar oyida Kevin Krumga qarshi o‘tkazdi va hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Umar Nurmuhamedov sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning amakivachchasi hisoblanadi.

 

Shaxboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing