Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i – O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori lavozimida ishlab kelayotgan Nurmat Otabekov yangi lavozimga tayinlandi. Unga ko‘ra, endilikda Otabekov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Bosh sanitariya vrachi – Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Xolmamat Nuraliyevich Norboyev O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Botirjon Qurbonov va Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi davlat soliq bosh inspektori Qobiljon Hayitov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

700

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing