Nurafshondagi uylarning birida portlash sodir bo‘ldi. Qurbon bor
Jamiyat
−
27 aprel 2021
7624Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 27 aprel kuni soat 11:40 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Obod turmush” MFYda joylashgan ikki qavatli uyda gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida binoning 2-qavatiga jiddiy zarar yetgan.
Hodisada bir nafar fuqaro vafot etgan. Mazkur holatning tabiiy gazning sizib chiqishidan kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.
Ayni daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari voqea joyida ishlamoqda. Mazkur vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning rasmiy manbalar orqali berib borilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi