Nurafshondagi sexda salkam 400 kg sifatsiz go‘sht aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida sifatsiz go‘sht mahsulotlarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Nurafshon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Z.Yu. va N.X.lar oldindan til biriktirib iste’molga yaroqliligi to‘g‘risida ma’lumotnomasi bo‘lmagan 50 kg go‘shtni har bir kilosini 42 ming so‘mdan hisoblab, jami 2,1 mln so‘mga fuqaroga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tadbir jarayonida Z.Yu.ga qarashli uyning omborxonasida tashkil etilgan yashirin sexdan 386 kg sifatsiz go‘sht ashyoviy dalil sifatida olingan.   

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing