Nurafshon shahrida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi

Jamiyat

image

Kelgusi yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida barpo etilayotgan tibbiyot klasterida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi. Bu haqda bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbari kardiologiya xizmati qulayligi va qamrovini oshirish bo‘yicha qator yangilanishlarni e’lon qildi.

“Respublika kardiologiya markazining viloyat filiallarida ko‘rsatiladigan xizmatlar 15 tadan 35 tagacha yetkaziladi.

Misol uchun, Kardiologiya markazining Xorazm viloyati filialiga Orolbo‘yi mintaqaviy markaz maqomi berilib, uni jihozlashga 20 milliard so‘m ajratilgani hisobiga respublika darajasida amalga oshiriladigan barcha amaliyotlar viloyatning o‘zida yo‘lga qo‘yiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu amaliyot Namangan, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Jizzaxda, kelgusi yil yakunigacha Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarida yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, kelgusi yil 1 iyunga qadar Kardiologiya markazi viloyat filiallari zamonaviy angiograf bilan ta’minlanadi. Nurafshon shahrida barpo etilayotgan tibbiyot klasterida Kardiologiya markazi tashkil qilinadi.

“Bundan buyon bemorlarning respublika markazlarida davolanishi uchun berilgan barcha imtiyozlar (order berish tartibi) ularning filiallariga ham to‘liq tatbiq etiladi”, deyiladi xabarda.

Azizbek Nahanov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing