Nukusdagi xalqaro yo‘lda poyga uyushtirgan “Shumaxer”lar jazolandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 19 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda Mercedes-Benz va Malibu haydovchilari poyga uyushtirgani haqidagi video lavha tarqaldi. Hodisa yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari o‘rganish olib borgan.

Aniqlanishicha, joriy yilning 18 yanvar kuni Nukus shahar hududidan o‘tgan A-380 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lida Mercedes-Benz S400 rusumli avtomobil haydovchi S.J. va Malibu rusumli avtomobil haydovchisi A.A. lar yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan holda, boshqa harakat qatnashchilarining erkin harakatiga xalaqit berib, poyga tashkil etib, qoidabuzarlik sodir etganlari ma’lum bo‘lgan. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan va qoidabuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing