Nukusdagi eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi “Kardar” eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi. BU haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 fevral kuni soat 15:45 da Nukus shahar M.Jumanazarov ko‘chasida joylashgan “Kardar” eshik ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida zudlik bilan 8 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi safarbar etilib, ular yong‘in joyiga soat 15:49 da yetib borgan. Yong‘in soat 16:39da o‘rab olinib, 17:10 da to‘liq bartaraf etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 1500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida ishlab chiqarish sexining 200 kvadrat metr maydoni yongan. Hodisaning kelib chiqishiga sabab quritish sexida yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi deb taxmin qilinmoqda va hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing