Nukusda YPX xodimi haydovchining ichgan-ichmaganini telpakda tekshirdi 

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusda YPX xodimi alkotester o‘rniga o‘zining telpagidan foydalangani haqida xabar va video tarqaldi. Ushbu hodisa yuzasidan IIV YHXBB Matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasida joylashgan dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan.

Bozor oldida xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov tomonidan Matiz rusumli avtomobil to‘xtatilgan. YPX xodimi o‘zaro muloqot vaqtida bosh kiyimini yechgan va haydovchidan puflashini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing