Nukusda velosiped mingan yo‘lovchi YTH qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘istonda Damas yo‘ldan velosiped boshqarib o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi. Oqibatda fuqaro vafot etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 5 aprel kuni  soat 15:05 larda, Nukus shahri hududidan o‘tuvchi 4P-176 avtomobil yo‘lining 2-3 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. 

Damas rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda harakatlanib ketayotgan vaqtida tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan velosiped boshqarib o‘tayotgan fuqaro, 1976 yilda tug‘ilgan J.A.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida J.A. ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing