Nukusda ona bolasini tug‘ib, ko‘chaga tashlab ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloq yarim tunda ko‘chaga tashlab ketilgani haqida xabar tarqaldi. Bolaning ahvoli og‘ir ekani aytilgan. Holat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston prokuraturasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 8 fevral kuni soat 02:00 larda Nukus shahri Taxtako‘pir tumanida 2002 yilda tug‘ilgan A.K. bolasini dunyoga keltirib, o‘zi yashaydigan joydagi uy oldiga tashlab ketgan.

Shundan so‘ng, chaqaloq Respublika perenatal markaziga olib kelinib, hayoti saqlab qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bundan avval Xorazmda chiqindixonadan yetilmagan chaqaloq jasadi topilgandi. Shuningdek. Andijonda ham yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi ko‘p qavatli uylar oldiga tashlab ketilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

325

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing