Nukusda 21 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilishining sababi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Avvalroq, 26 aprel kuni Nukusda o‘zini kanalga tashlagan qizning hayoti saqlab qolingani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat O‘zbekiston Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, joriy yilning 26 aprel kuni soat 08:30 lar chamasida Nukus shahar “Jiydeli baysin” MFYda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro N.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan. Shu joyda xizmat vazifasini bajarayotgan Milliy gvardiya xodimi qizni qutqarib qolgan.

N.D.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda fuqaro N.D. o‘z uyida va sog‘ligi bo‘yicha hech qanday shikoyati yo‘q. O‘z joniga qasd qilish sabablari o‘rganilib chiqilganda, qiz hech qanday tazyiq ostida bo‘lmagani, oilasida ham hech qanday janjal yo‘qligi va o‘zining tanish o‘rtog‘i bilan gap tortishib qolganini aytib o‘tgan.

Qayd etilishicha, fuqaro N.D. Nukus shaxrida oilasi bilan birgalikda yashaydi. 2017 yilda N.D. Nukus shahar IIB tomonidan profilaktik hisobga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

973

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing